AsosiyJamiyat

USAID ma`muri Samanta Pauer O`zbekistonga tashrif buyuradi

'USAID ma`muri Samanta Pauer O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

23−24-oktyabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma`muri Samanta Pauer O`zbekistonda bo`ladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

U Mintaqaviy aloqalar bo`yicha S5+1 formatidagi (AQSh + Markaziy Osiyo mamlakatlari) birinchi vazirlar konferensiyasini o`tkazadi hamda “AQSh hukumatining mintaqa davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va farovonligiga sodiqligini tasdiqlaydi”.

2015-yildan buyon “S5+1” muloqoti AQSh hukumatining Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bilan o`zaro hamkorlik qilish uchun asosiy diplomatik platformasi bo`lib kelmoqda.

Taraqqiyot masalalari bo`yicha vazirlar uchrashuvi mintaqaviy o`zaro aloqalar, savdo, iqtisodiy o`sish va tadbirkorlik, iqlimiy va energetik echimlar, shuningdek, yoshlar uchun imkoniyatlarga urg`u qaratgan holda Markaziy Osiyoda inklyuziv, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni rag`batlantirish bo`yicha aniq choralar ko`rish uchun [mintaqadagi] barcha beshta davlat vazirlarini to`plagan ushbu platformani mustahkamlaydi.

 

    Boshqa yangiliklar