AsosiyJamiyat

Tezlik me`yorlari transport turiga qarab belgilanadi

'Tezlik me`yorlari transport turiga qarab belgilanadi'ning rasmi

Tezlik me`yorlari transport turiga qarab belgilanadi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tushuntirish berdi. 

Yo`l harakati qoidalarining 79-bandida belgilanganidek, aholi punktlaridan tashqarida:

  •  engil avtomobillarga va ruxsat etilgan to`liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
  •  shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
  •  boshqa avtobuslar, tirkamali engil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan to`liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
  •  tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.

 

Endi aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlikni me`yoridan oshirish bilan bog`liq jarima transport vositasining turi va unga belgilangan yuqori cheklangan tezlikka qarab qo`llaniladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar