AsosiyJamiyat

G`azoga birinchi gumanitar yordam karvoni etib bordi

'G`azoga birinchi gumanitar yordam karvoni etib bordi'ning rasmi

Kecha, 21 oktyabr kuni 20 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar karvon Rafah nazorat punkti orqali G`azo sektoriga jo`nab ketgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti axborot xizmatining ma`lum qilishicha, g`azoliklar uchun asosiy oziq-ovqat, suv va dori-darmonlardan iborat gumanitar yordam manzilga muvafaqqiyatli etib borgan.

Ma`lum qilinishicha, UNICEF bolalar tashkiloti yukning bir qismi sifatida 44 ming shishadan ortiq ichimlik suvi (bu 1 kunga atigi 22 ming kishiga etadi) etkazib bergan. Tovarlar BMT ko`magida Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati xodimlari tomonidan qabul qilib olingan.

BMTning Favqulodda yordam koordinatori Martin Griffitsga ko`ra, birinchi yordam etkazilishi G`azo aholisini oziq-ovqat, suv, dori-darmon va yoqilg`i kabi zaruriy mahsulotlar bilan ta`minlash uchun doimiy va xavfsiz yo`l ochilishiga imkon beradi. Biroq hozircha Isroil yoqilg`i etkazib berishga ruxsat bermayapti.

“Birinchi suv zaxiralari cheklangan miqdorda bo`lsa ham, hayotni saqlab qoladi, ammo suvga, oziq-ovqat, yoqilg`i, dori-darmon, zarur tovarlar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyoj juda katta. Agar biz insonparvarlik yordamini ta`minlay olmasak, hayotga xavf tug`diruvchi kasalliklar tarqalishining haqiqiy tahdidiga duch kelamiz”, deydi UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel.

    Boshqa yangiliklar