AsosiyJamiyat

Navoiyda 20 yoshli haydovchi sodir etgan ayanchli YTHda 3 kishi halok bo`ldi

'Navoiyda 20 yoshli haydovchi sodir etgan ayanchli YTHda 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Navoiyda insonlar o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu hahda "darakchi.uz" manbasi xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 20 oktyabr kuni soat 17:30larda Navoiy viloyati Tomdi tumanida "Nexia-2" mashinasining 20 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida, ag`darilib ketib, YTH sodir etgan. 

YTH oqibatida 3 nafar fuqaro, jumladan 3 yoshli go`dak vafot etgan, yana 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar