AsosiyJamiyat

Endi maktab direktorligiga nomzodlar menejerlik o`quv kurslarida o`qitiladi

'Endi maktab direktorligiga nomzodlar menejerlik o`quv kurslarida o`qitiladi'ning rasmi

"Umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o`quv kurslarida o`qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to`g`risida nizomni tasdiqlash haqida"gi hukumat qarori loyihasi e`lon qilindi. 

Umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o`quv kurslarida o`qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlanadi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi 2024 yil 1 yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o`rgatish milliy-tadqiqot institutida umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktor lavozimiga nomzodlarni menejerlik o`quv kurslarida o`qitish va maxsus portal orqali ularga davlat namunasidagi menejerlik sertifikatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo`yilgan elektron shaklda berish tizimini joriy qiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega nomzodlardan maktab direktorlari zaxirasi shakllantiriladi.

Bunda, maktab direktorlarining vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

    Boshqa yangiliklar