AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo`yildi

'Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo`yildi'ning rasmi

Toshkent aeroportida joylashgan mehmonxona auksionga qo`yildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, poytaxt aeroportida ilk bor mehmonxona ochiladi. U xalqaro aviaqatnovlar terminali jo`nab ketish zalining steril hududida joylashgan va tranzit yo`lovchilar uchun mo`ljallangan. Bugungi kunda mehmonxona to`liq qurib bitkazilgan va foydalanishga tayyor.

Uzbekistan Airports kompaniyasi ijarachi – mehmonxona boshqaruvini to`liq o`z qo`liga oladigan mehmonxona sohasidagi professionalni qidirmoqda. Tegishli lot No 7214493 E-auksion.uz elektron platformasiga joylashtirilgan. Umumiy maydoni 240 kv/m bo`lgan mehmonxonaning boshlang`ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so`m. Veb-saytda joylashtirilgan texnik topshiriqlarga javob beradigan kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 2023 yil 30 oktyabr.

Mehmonxona ikki qavatdan iborat bo`lib, unda 24 ta xona mavjud. Ushbu mehmonxonada sayyohlar va tashrif buyuruvchilar uchun ma`lumot nuqtasi, yuvinish xonasi va dushlar, 24 soatlik resepshn va parvozga individual taklif qilish tizimi mavjud.

    Boshqa yangiliklar