AsosiyJamiyat

Prezident Qarshi tumanidagi 12-maktabga bordi

'Prezident Qarshi tumanidagi 12-maktabga bordi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev safar dasturida nazarda tutilmagan manzillar bilan tanishishda davom etmoqda. Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktab ham rejalashtirilmagan holda borib ko`rildi.

Bu erda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o`g`il-qiz o`qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta`lim bermoqda. Maktab o`tgan yili kapital ta`mirlangan. O`quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o`rgatish yo`lga qo`yilgan. Kompyuter savodxonligi, tikuvchilik, duradgorlik kabi to`garaklar bor.

Davlatimiz rahbari sinfxonalarni kirib ko`rdi, o`qituvchi va o`quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi.

Ayni kunlarda yurtimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko`chat ekish avjida. Prezidentimiz maktab misolida shu boradagi ishlarni ko`zdan kechirdi. Mutasaddilarga ijtimoiy muassasalarni issiqlik bilan ta`minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni qo`llash bo`yicha ko`rsatmalar berildi. O`z navbatida, maktablarning qurilish standartlarini zamonaviylashtirish, bunda infratuzilma bilan ta`minlanganlik, funksionallik va energiya samaradorligi bilan bog`liq barcha mezonlarni nazarda tutish zarurligi ta`kidlandi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida maktablar atrofida ko`chat ekish ishlariga ham e`tibor qaratildi.

– Maktab bor joyda madaniyat bo`ladi. Pedagoglar boshqalarga har jihatdan o`rnak. Maktab atrofi obod bo`lib, mavsumiy gullar yashnab tursa, yoshlarga ham tarbiya, ham da`vat bo`ladi, – dedi davlatimiz rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar