Luizana polisiyasi ma`lumotiga ko`ra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin.
AQShning Luiziana shtatida sodir bo`lgan yirik yo`l-transport hodisasi oqibatida etti kishi halok bo`ldi, 25 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi shtat polisiyasi.
"Dastlabki surishtiruvlar YTHda kamida 158 ta avtomobil ishtirok etganini aniqladi. 7 kishining o`limi tasdiqlandi.
25 dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohati olib, hududdagi shifoxonalarga etkazildi", — deyiladi polisiyaning X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog`idagi bayonotida.
Luizana polisiyasi ma`lumotiga ko`ra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin. Hodisa oqibatida yo`llarda ulkan tirbandliklar vujudga keldi.
NBC telekanali xabariga ko`ra, avariyaga quyuq tuman sabab bo`lgan.






