AsosiySport

"Real" vise-prezidenti vafot etdi

'"Real" vise-prezidenti vafot etdi'ning rasmi

Madridning "Real" klubi vise-prezidenti Fernando Fernandes Tapias 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Fernando Fernandes Tapias 1993 yildan beri "Real"da turli lavozimlarda ishlagan. 2000 yilning 17 iyulidan 2006 yilning 2 iyuliga qadar ispaniyalik tadbirkor va funksioner Madridning "Real" klubi direktorlar kengashi raisi lavozimida ishlagan, 2009 yilning 1 iyunida esa klub tarixidagi birinchi vise-prezident bo`lgan.

Fernando Fernandes Tapias "Real Madrid"ga bag`ishlagan vaqt ichida Los Blankos 58 ta chempionlikni qo`lga kiritdi, shu jumladan 6 ta Chempionlar Ligasi. "Real Madrid"ning amaldagi prezidenti Florentino Peres bu lavozimda 2009 yildan beri ishlab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar