AsosiyDunyo

"Hizbulloh", "Hamas" va “Islomiy jihod” etakchilari Bayrutda uchrashdi

'"Hizbulloh", "Hamas" va “Islomiy jihod” etakchilari Bayrutda uchrashdi'ning rasmi

Livanning "Hizbulloh" guruhi etakchisi Hasan Nasrulloh Bayrutda Falastinning "Hamas2 va “Islomiy jihod” guruhlari etakchilari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Reuters Livanning "Al-Manar" telekanali xabariga tayanib. Uchrashuvning aniq sanasi noma`lum.

Muzokaralarda "Hizbulloh2 etakchisidan tashqari, "Hamas" rahbari o`rinbosari Solih al-Auriy va “Islomiy jihod” etakchisi Ziyod an-Nahala ham ishtirok etgan. Telekanalning xabar berishicha, uchrashuvda, xususan, G`azo sektorida “qarshilik uchun haqiqiy g`alabaga erishish uchun” nima qilish kerakligi muhokama qilingan.

“Xalqaro maydondagi pozisiyalari va tomonlarning G`azo va Falastindagi qarshilikning haqiqiy g`alabasiga erishish va shafqatsiz tajovuzni to`xtatish uchun nima qilishi kerakligi baholandi. Muvofiqlashtirishni davom ettirish bo`yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi "Al-Manar" maqolasida.

Eslatib shtamiz, 7 oktyabrdan beri Isroil va Falastinning HAMAS harakati o`rtasidagi urush davom etmoqda. Falastin Sog`liqni saqlash vazirligi o`z navbatida 6 ming kishi halok bo`lganini ma`lum qildi, Isroil qurbonlar sonini 1,4 ming kishi deb hisoblamoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar