AsosiyJinoyat

Surxondaryoda ayol o`z жиянини so`yib qo`ydi

'Surxondaryoda ayol o`z жиянини so`yib qo`ydi'ning rasmi

Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, termizlik M.X. (ismlari o`zgartirilgan) va uning turmush o`rtog`i yangi uy-joy qurish maqsadida uzoq yillar xorijda ishlagan. To`plagan pullarini esa farzandlariga ko`z-quloq bo`lib turgan opasi S.X.ga oyma-oy jo`natib turgan. M.X. safardan qaytgach, opasi X.S. dan jo`natilgan pullarni so`ragan, biroq opasi hech qanday pul yo`qligini, jo`natilgan barcha mablag`larni uning farzandlariga sarflaganini aytgan. 

Shundan so`ng bitta ko`chadagi yonma-yon uylarda yashovchi ikki opa-singil o`rtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Kunlarning birida S.X.ning o`g`li A.D. xolasi M.X.ning uyiga avvalroq xolavachchalari olib chiqqan ketmonni so`rab chiqqan va hovlida o`ynab turgan bolalarni  haqoratlay boshlagan. Hovlidagi shovqinni eshitib chiqqan M.X. bu gaplardan g`azablanib, A.D. bilan janjallashib ketgan. Sal o`tib bu jarayonga S.X.ning ikkinchi o`g`li B.D. ham qo`shilgan va janjal keskin tus olgan. 

Oqibatda M.X. oshxona pichog`ini A.D.ning bo`yniga ketma-ket sanchgan. Pichoq zarbidan bo`yin yo`g`on tomirining uzilishidan ko`p qon yo`qotgan A.D. shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan sud M.X.ga jinoyatning og`irligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar