Meksikaning Akapulko shahrida 27 kishi “Otis” to`foni qurboni bo`ldi. Yana to`rt kishi bedarak yo`qolgan. Rasmiylar shtatda favqulodda holat joriy qildi.
Shamolning maksimal tezligi soniyasiga 75 metrga etdi. To`fon tufayli ko`p qavatli uylarga zarar etdi, daraxtlar ag`anab tushdi va elektr uzatish tarmoqlarini buzib tashladi. Yarim millionga yaqin uy elektr va suvsiz qoldi. Shaharda mehmonxonalar va aeroportning 80 foiziga zarar etgan, barcha turdagi aloqa va yo`l harakati to`xtatilgan.
Mamlakatda to`fon etkazgan zararni baholanmoqda.






