“Do`stlar” (1994–2004) serialida Chandler Bing rolini o`ynagan amerikalik aktyor Metyu Perri 54 yoshida vafot etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, aktyorning jasadi 28 oktyabr kuni Kaliforniyadagi uyidan topilgan.
Manbalarga ko`ra, 28 oktyabr kuni aktyorning yuragi to`xtab qolgani haqida tez yordam chaqiruvi kelib tushgan. Qayd etilishicha, voqea joyida giyohvand moddalar topilmagan.






