AsosiyDunyo

Hindistonda ikki poezd to`qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi (video)

'Hindistonda ikki poezd to`qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida ikki yo`lovchi poezdi to`qnashib ketdi. Tezyurar poezdning to`xtab turgan yo`lovchi poezd bilan to`qnashishi oqibatida kamida o`n uch kishi halok bo`ldi, deb xabar bermoqda NDTV.

Vishakapatnamdan Raigadga yo`lovchilarni olib ketayotgan poezd boshqa yo`lovchi poezdiga borib urilgan. To`qnashuv natijasida vagonlar relsdan chiqib ketgan.  

Poezd Andxra-Pradesh shtatidagi Vizag shahridan Rayagadu shahriga ketayotgan edi. Poezd harakati havo kabelining uzilishi tufayli to`xtab qolgan, shundan so`ng unga tezyurar poezd urilib ketgan. Zarba oqibatida uchta vagon relsdan chiqib ketgan.

Hozirda voqea joyida qutqaruv operasiyasi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar