1

Lionel Messi sakkizinchi marta "Oltin to`p"ni qo`lga kiritdi

Sport 31.10.2023, 09:02
Lionel Messi sakkizinchi marta "Oltin to`p"ni qo`lga kiritdi

Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi  France Football jurnali talqiniga ko`ra 2023 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentina terma jamoasi va Amerikaning “Inter Mayami” klubining 36 yoshli hujumchisi Parijdagi taqdirlash marosimida mukofotni qabul qilib oldi. Messi eng ko`p mukofot olish bo`yicha rekordchi hisoblanadi. Hozir u sakkizta “Oltin to`p” sovriniga ega.

Avvalgi marta u  France Football tomonidan 2021 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Sovrin uchun davogarlar uchtaligidan Kilian Mbappe («PSJ») va Erling Xoland (“Manchester Siti”) ham borligi xabar qilingandi.

“Oltin to`p”ni besh marta qo`lga kiritgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bu safar Messi bilan raqobatlasha olmadi, hatto da`vogarlar ro`yxatiga ham kira olmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1