AsosiySport

Abbosbek Fayzullaev Rossiyaning taniqli «SSKA» klubining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

'Abbosbek Fayzullaev Rossiyaning taniqli «SSKA» klubining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi'ning rasmi

Shu yilning 29 oktyabr kuni Moskva shahridagi "VEB ARENA" stadionida Rossiya premer-ligasining 13-turi doirasida "SSKA" va «Krasnodar» futbol klublari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda  "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu o`yinni tomosha qilish uchun O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari ham tashrif buyurishdi.

Qayd etish kerakki, «SSKA»  klubi safida 2023 yilning avgust oyidan beri Toshkentning «Paxtakor» klubidan o`tgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev harakat qilmoqda.

"SSKA"  tarkibiga borib qo`shilganiga ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsada, Abbosbek jamoada o`z o`rnini topishga erishdi. Jumladan, u Moskva klubining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"SSKA" va "Krasnodar" o`rtasidagi bahs oldidan ushbu mukofotni hamyurtimizga tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. «Sentyabr oyining eng yaxshi o`yinchisi» sovrinini Abbosbekga O`zbekiston elchixonasi diplomatlari topshirishdi.

Shu kuni "SSKA" klubi tomonidan hamyurtimiz sharafiga stadion hududida O`zbekiston milliy madaniyatiga bag`ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda o`zbek milliy kuy-qo`shiqlari ijro etildi, tematik foto hudud tashkil etildi.

Mamlakatimiz diplomatlari uchrashuvdan so`ng "SSKA" futbol klubi bosh direktori Roman Babaev bilan uchrashuv o`tkazdilar. Muloqot davomida klub rahbari hamyurtimizning professional tayyorgarlik darajasini yuqori baholadi.

 

    Boshqa yangiliklar