AsosiyJamiyat

Sergelidagi bozorda iste`molga yaroqsiz pishloq sotilayotgani aniqlandi

'Sergelidagi bozorda iste`molga yaroqsiz pishloq sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Ovqatdan zaharlanish va yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida bozor va oziq-ovqat savdo do`konlari rastalaridagi mahsulotlarni sifati, iste`molga yaroqliligi bo`yicha nazoratlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Sanepidem Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sergeli tumani, 3-mavzeda joylashgan Dehqon bozori shoxobchasida olib borilgan nazorat reydida ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddati ko`rsatilmagan, organoleptik jihatdan o`zgargan, iste`molga yaroqsiz holga kelgan pishloq mahsulotining arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotgani aniqlandi.

Pishloq mahsulotining savdosi darhol to`xtatildi. Savdodan olingan 38 kg. iste`molga yaroqsiz pishloq mahsuloti  brakeraj qilindi. Pishloq sotuvchisi iste`molga yaroqsiz mahsulotlar savdosiga yana yo`l qo`ymaslik yuzasidan sanitariya-gigiena talablari bo`yicha qat`iy ogohlantirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar