AsosiyJamiyat

O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd so`m soliq to`lagani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd so`m soliq to`lagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi 52 ta xorijiy kompaniya tomonidan 48,3 mlrd so`m soliq to`langan. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko`p. 

Ma`lumot o`rnida, elektron xizmatlar ko`rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o`tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to`laydi. 

Bunda, to`langan soliqlarning 97 foizi elektron xizmatlar ko`rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to`g`ri keladi:

- Meta - 18,7 mlrd so`m;
- Gogle  - 14,9 mlrd so`m;
- appel - 9 mlrd so`m;
- boking.com - 1,2 mlrd so`m;
- Netlix  - 916,7 mln so`m;
- Xsolla - 613,7 mln so`m;
- Yandex - 476,4 mln so`m;
- Adobe Systems - 326,5 mln so`m;
- Mirosoft  - 326 mln so`m;
- Activision - 310,4 mln so`m.

    Boshqa yangiliklar