AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov ommaviy tartibsizlik uyushtirganlarning peshonasidan otishni buyurdi

'Ramzan Qodirov ommaviy tartibsizlik uyushtirganlarning peshonasidan otishni buyurdi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ruxsat etilmagan ommaviy xatti-harakatlarning oldini olish uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari o`q uzishi, ogohlantiruvchi o`qlarga e`tibor qilmaganlarni otib o`ldirishi kerakligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Respublika hukumatida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda Qodirov shunday dedi:

“Ruxsat etilmagan tartibsizliklarga boradigan bitta odam bo`lsa ham ushlab, qamang. Yoki havoga uchta ogohlantiruvchi o`q uzing va shundan so`ng, agar u odam qonunga rioya qilmasa, to`rtinchi o`qni peshonasiga joylang. Qaytib chiqmaydi. Bu mening buyrug`im”.

Shuningdek, Checheniston rahbari avvalroq respublikada Maxachqal`a aeroportidagi isyonga o`xshash “provokasiyani to`xtatishga muvaffaq bo`lganini” aytgani haqida eslatdi.

    Boshqa yangiliklar