Biroz avval, Bog`ot tumanidagi 2-IDUM da o`qituvchi o`quvchini kaltaklagani aks etgan videolavha tarqatilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`rganildi va quyidagilarni aniqladi.
Videolavhada keltirilgan holat kecha, 30-oktyabr kuni sodir bo`lgan. Tarix fani o`qituvchisi Q.H. 9-sinf o`quvchisi M.Bni qayta-qayta ogohlantirishiga qaramasdan dars mashg`ulotiga tayyorgarliksiz kelganligi uchun uni kaltaklagan.
Holat yana bir o`quvchi tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqqa joylangan.
Bugungi kunda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning xohishiga ko`ra bekor qilindi.
"Bog`ot tumani ichki ishlar bo`limi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.






