Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Prokuratura to`g`risida”gi qonunga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, transport prokurori bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O`zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Ilgari bu bosh prokuror buyrug`iga asosan amalga oshirilgan.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o`tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag`batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu qonunda, prezident tomonidan tasdiqlanadigan O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o`tash to`g`risidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.