AsosiyJamiyat

Bloger Olimjon Haydarov ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi

'Bloger Olimjon Haydarov ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

Bugun jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudida bloger Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlandi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, O. Haydarov (1989 yilda Rossiya Federasiyasida tug`ilgan, bloger, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi "a", 3-qismi "a" bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi "a" bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudining raisi A. Ergashev raisligida ko`rib chiqilmoqda.

"Sud majlisi ochiq deb e`lon qilingach, dastlab sudlanuvchining himoyachisi tomonidan sud jarayoni mobaynida audio va videoyozuvni amalga oshirish haqidagi iltimosnomasi yuzasidan taraflar fikri tinglandi. Jinoyat ishi doirasidagi jabrlanuvchilarning shaxsiga doir ma`lumotlar ommaga oshkor etilishini xohlamasligi bois iltimosnomani rad qilish haqidagi fikrlari inobatga olinib, sud sudlanuvchining himoyachisi keltirgan iltimosnomani rad qilish haqida ajrim chiqardi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, mazkur jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko`rilayotganligi bois jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari unda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin", - deyiladi rasmiy bayonotda.

Sud jarayoni davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, sud majlisi sanasi o`zgargani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar