AsosiyJamiyat

Gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam - Shavkat Mirziyoev

'Gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam - Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

So`nggi yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda, chunki GESlar ishlab chiqariladigan elektr tannarxi boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon, ular energetikada kunlik energiyani barqaror ta`minlashda eng samarali vositadir.

Hisob-kitoblarga ko`ra, yurtimizdagi gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. Ayniqsa, Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida bu borada katta salohiyat bor.

Joriy yilda “To`palang” GESni modernizasiya qilish ishlari yakunlanib, uning quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi. “Darg`om” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GESi foydalanishga topshirildi.

Lekin hozirda jami gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam.

Shu bois, yangi loyihalarni boshlash bo`yicha katta marralar olingan. Sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, deya ta`kidladi prezident videoselektor yig`ilishida. 

    Boshqa yangiliklar