1

Hakamlarni haqorat qilgan, raqib futbolchilarni qasddan jarohatlagan qoidabuzarlar jazolandi

Sport 31.10.2023, 22:48
Hakamlarni haqorat qilgan, raqib futbolchilarni qasddan jarohatlagan qoidabuzarlar jazolandi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda so`nggi turlar doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko`rib chiqildi.

Superliganing 22-turi doirasidagi “So`g`diyona” — “Andijon” uchrashuvida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov to`p uchun kurashish vaqtida oyog`ining tag qismi bilan raqib o`yinchisining to`pig`iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Farxodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan 3 ta o`yinga chetlashtirish intizom chorasi qo`llanildi.

Ushbu tur doirasidagi uchrashuv yakunlangandan so`ng, “So`g`diyona” klubi futbolchisi E. Orifov bosh hakam sha`niga xaqoratli so`zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 3 ta o`yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Shuningdek, “Olimpik” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” futbolchisi S. Izzatov o`yin vaqtida oyog`ining tag qismi bilan raqib o`yinchisini to`piq qismini qasddan bosib olgani uchun unga nisbatan 3 ta o`yinga chetlashtirish intizom chorasi qo`llanildi.

 “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvida “Metallurg” futbolchisi I. Shayqulov o`yin vaqtida oyog`ining tag qismi bilan raqib o`yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun 2 ta o`yinga chetlashtirish intizom chorasi qo`llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvida “Buxoro” futbolchisi M. Jo`raboev oyog`i bilan raqibining yuz qismiga zarba bergani uchun 2 ta o`yinga chetlashtirish intizom chorasi qo`llanildi.

Pro liganing 20-turi doirasidagi “G`ijduvon” — “Xorazm” uchrashuvida “G`ijduvon” futbolchisi B. Jo`raqulov mushti bilan raqibini yuziga zarba bergan uchun 3 ta o`yinga chetlashtirish intizom chorasi qo`llanildi.

Ushbu tur doirasidagi “Andijon SGS” — “Navbahor farm” uchrashuvida “Andijon SGS” futbolchisi F. Zuxriddinov boshi bilan ataylab raqibining yuziga zarba bergani uchun 3 ta o`yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1