1

Futbol bo`yicha 2034 yilgi Jahon chempionatiga yana bir arab davlati mezbonlik qiladi

Sport 01.11.2023, 08:57
Futbol bo`yicha 2034 yilgi Jahon chempionatiga yana bir arab davlati mezbonlik qiladi

FIFA 31 oktyabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko`ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCh-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi. Shu tariqa, 2034 yilgi mundialga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi ma`lum bo`ldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham JCh-2034 Saudiya Arabistonida o`tkazilishini tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda post qoldirgan.

”Futbol dunyoni birlashtiradi”, - deya yozadi FIFA prezidenti.

Ma`lumot uchun, JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksikada bo`lib o`tsa, JCh-2030 Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o`tkazilishi ma`lum qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1