1

Qoraqalpog`istonlik o`quvchi Moskvadagi yoshlar tanlovining gala-konsertida ishtirok etdi

Madaniyat 01.11.2023, 09:51
Qoraqalpog`istonlik o`quvchi Moskvadagi yoshlar tanlovining gala-konsertida ishtirok etdi

30 oktyabr kuni Moskvadagi Yoshlar saroyida "Fatyanovni kuylash vaqti" deb nomlangan yoshlar tanlovi bo`lib o`tdi.

Ushbu yoshlar tanlovining gala-konsertida ilk bor hamyurtimiz, Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan, 22-estrada vokali bo`yicha musiqa maktabi o`quvchisi va Nukus shahridagi Madaniyat markazi tarbiyalanuvchisi Asemay Urakova qatnashdi.

Tadbir natijalariga ko`ra, estrada vokali tanlovining uchinchi bosqichiga muvaffaqiyatli o`tgan Asemay Urakova "Fatyanovni kuylash vaqti" tanlovida qatnashgani uchun tanlov diplomi va mukofotiga sazovor bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, tanlov 2023 yilning martidan oktyabriga qadar bir necha bosqichda onlayn formatda o`tkazildi. Tanlov hakamlar hay`ati a`zolari tomonidan 1,5 ming ishtirokchi tanlab olindi, 27 nafar ijrochi, jumladan, hamyurtimiz, Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan Asemay Urakova uning g`oliblaridan bo`ldi.

Gala-konsert davomida hamyurtimiz Rossiyada xizmat ko`rsatgan qo`shiqchi Elena Kalashnikova bilan bir sahnaga chiqdi.

Tadbirda Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston va Rossiya vakillari ham ishtirok etishdi.

Asemay Urakova 11 yoshda. U estrada vokali bo`yicha Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekistonda o`tkazilgan ko`pgina xalqaro musobaqalarda Gran-pri sovrini va birinchi o`rinlarni qo`lga kiritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1