NATO Rossiya bilan harbiy qarshilikka chidamaydi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining sobiq razvedkachisi Skott Ritter ma`lum qildi.
“Alyans mudofaa industriyasi nafaqat Ukrainani kerakli miqdordagi o`q-dorilar bilan, balki o`zini ham ta`minlay olmaydi ”, – dedi u.
Ritterning bashorat qilishicha, Rossiya NATO va AQSh bilan jang qiladi va g`alaba qozonadi.
Avvalroq sobiq razvedka xodimi Ukrainaning yana 30 foiz hududini yo`qotishini bashorat qilgan edi. U ta`kidlaganidek, Rossiya-Ukraina nizolari Moskva uchun maqbul sharoitda yakunlanmasa, Kiev yanada ko`proq hududlarni yo`qotadi.






