AsosiyDunyo

Dunyoda vabo bilan bog`liq vaziyat yomonlashmoqda — JSST

'Dunyoda vabo bilan bog`liq vaziyat yomonlashmoqda — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko`ra, joriy yil 1 yanvardan 15 oktyabrga qadar Er yuzida 603 ming nafardan ziyod kishiga vabo tashxisi qo`yilgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda

2021 yilda bu ko`rsatkich 223 ming, o`tgan yili esa qariyb 473 ming nafar ekanligini hisobga olsak, sayyoramizda ushbu epidemiya bilan bog`liq vaziyat tobora yomonlashib borayotgani oydinlashadi.

Eng achinarlisi, bu yil vaboni yuqtirgan bemorlardan 3 804 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko`z yumdi.  

Kasallikdan eng ko`p Afrika qit`asi aholisi aziyat chekmoqda. Xususan, yil boshidan buyon mintaqaning 16 davlatida epidemiya o`choqlari ro`yxatga olingan.

Bu borada Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Zimbabve, Kamerun, Malavi, Mozambik va Efiopiya etakchilar safida. Qolaversa, Suriya va Gaitida ham vaboga gumon qilinganlar soni ortib boryapti.

Ayni paytda JSST tomonidan ushbu mamlakatlarni zarur dori-darmon va vaksinalar hamda boshqa tibbiy resurslar bilan ta`minlash choralari ko`rilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar