AsosiyDunyo

Jidda shahrida "Haj-2024" mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi

'Jidda shahrida "Haj-2024" mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi'ning rasmi

O`zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi xodimi "Haj-2024" mavsumiga tayyorgarlik ko`rish va uni samarali o`tkazish maqsadida Islom taraqqiyot bankining (ITB) "Adaxi" dasturi (qurbonlik qilish va tarqatish xizmati) rasmiy vakili doktor Tavfiq Al-G`amdi bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Unda haj mavsumida o`zbekistonlik hojilarga qurbonlik tadbirlarini tashkil etish bilan bog`liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot chog`ida suhbatdoshga hamda ITB rahbariyatiga O`zbekiston haj missiyasi nomidan o`zaro hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etildi.  

Tavfiq Al-G`amdining ma`lum qilishicha ITBning qurbonlik dasturi eng ishonchli va samarali bo`lganligi bois yildan-yilga uning hamkorlari ko`payib bormoqda. 2023 yildagi Haj mavsumida "Adaxi" dasturi doirasida 2 milliondan ko`p jonliq so`yilgani va muhtojlarga tarqatilgani bildirildi.

Shuningdek, Tavfiq Al-G`amdi "Haj-2024" mavsumiga hozirlik ishlari barvaqt boshlangani va mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasining bu masalaga bo`lgan e`tiborini yuqori baholadi.

    Boshqa yangiliklar