AsosiyDunyo

Ertaga Erni kuchli magnit bo`ronlari qoplashi mumkin

'Ertaga Erni kuchli magnit bo`ronlari qoplashi mumkin'ning rasmi

Rossiya Fanlar akademiyasi 6 noyabr, dushanba kuni Erni kuchli magnit bo`ronlari qoplashini ma`lum qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Magnit bo`ronlari 15 noyabrgacha davom etishi taxmin qilinmoqda. Faollikning asosiy cho`qqisi 9 noyabrga to`g`ri keladi, shundan so`ng magnit bo`roni 10-15 noyabr kunlari yana faollashadi. 

Atmosfera bosimining o`zgarishi tufayli odamlarda bosh og`rig`i, migren, umumiy salomatlikning yomonlashishi, uyquchanlik paydo bo`lishi mumkin. Surunkali kasalliklar, ayniqsa, yurak-qon tomir va nevrologik kasallikka chalinganlar o`ta sezgir bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar