1

O`zbekistonda "Tarix tilga kirganda" turkumi ostida 50 ta film yaratiladi

Madaniyat 06.11.2023, 11:05
O`zbekistonda "Tarix tilga kirganda" turkumi ostida 50 ta film yaratiladi

Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida bo`lib o`tayotgan VII Xalqaro kongressi doirasida "Kino va media olami: Merosga yangicha nigoh" xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Tadbirda Turkiy dunyo mamlakatlari kino tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirish muhokama qilinmoqda. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.  

Konferensiya davomida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari Furqat Usmonov nutq so`zladi. Tadbirga Agentlik direktori o`rinbosari Shuhrat Rizaev va TURKSOY bosh kotibining xalqaro kino bo`yicha maslahatchisi Mayra Karsakbaeva moderatorlik qildi.  

Shuningdek, Shuhrat Rizaev "Tarixiy filmlarni hamkorlikda ishlab chiqarish kinoloyihalari taqdimoti"ni o`tkazdi va Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekiston tarixidagi buyuk shaxslar haqida 50 ta film suratga olinishini hamda bu bo`yicha ishlar boshlanganini ma`lum qildi. Bundan tashqari, konferensiyada TURKSOY mamlakatlarining boshqa vakillari Xojakuli Narliev, Aydar Omarov, Bayrammuhamed Bayrammuhamedov, Akjol Bekbolatov, Milyausha Aytuganova va boshqalar ham o`z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1