1

Bugun O`zbekistonning 3 ta jamoasi safarda, "Nasaf" o`z uyida maydonga tushadi

Sport 06.11.2023, 16:15
Bugun O`zbekistonning 3 ta jamoasi safarda, "Nasaf" o`z uyida maydonga tushadi

Bugun, 6 noyabr kuni futbol bo`yicha Osiyo chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvlariga start beriladi. Ushbu turda O`zbekistonning 4 ta klubi o`z guruhlarida navbatdagi tur uchrashuvlarini o`tkazadi.

Bugun Qarshining "Nasaf" klubi o`z uyida BAAning "Sharja" jamoasini qabul qilsa, "Navbahor" Eronda "Nassaji Mazandaran"ga qarshi Olmaliqning OKMK jamoasi esa ushbu davlatning "Sepaxon" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi esa ertaga Tojikistonning "Ahal" jamoasi mehmoni bo`ladi.

Bugun o`yinlar boshlanish vaqtlari:

"Nasaf" - "Sharja" 19:00
"Nassaji Mazandaran" - "Nasaf" - 19:00
"Sepaxon" - OKMK 23:00

Ertaga
"Ahal" - "Paxtakor" 19:00

O`zbekiston klublarining guruhdagi natijalari:

"A" guruhidan o`rin olgan "Paxtakor" hozirgi paytda 3 ochko bilan 2-o`rinni egallab turibdi.
"V" guruhidan joy olgan "Nasaf" 6 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda.
"S" guruhidan o`rin olgan OKMK birorta ham ochko jamg`armagan holda so`nggi o`rinda bormoqda.
"D" guruhidan o`rin olgan "Navbahor" 7 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1