AsosiySport

O`zbekistonlik sportchilar Kuala-Lumpurda o`tkazilayotgan suvga sakrash bo`yicha xalqaro musobaqada oltin medalni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik sportchilar Kuala-Lumpurda o`tkazilayotgan suvga sakrash bo`yicha xalqaro musobaqada oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo`yicha "1st Malaysia Open Diving Championships 2023" musobaqasi bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari oltin medalni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya Qo`mitasi Matbuot xizmati.

Unga ko`ra, erkaklar o`rtasida 3 metrli tramplindan sakrash dasturida o`zbekistonlik Vyacheslav Kachanov va Igor Myalinlar eng yuqori ballni jamg`arishga muvaffaq bo`lishdi. Ikkinchi o`rin Indoneziya vakillariga nasib etgan bo`lsa, mezbonlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

    Boshqa yangiliklar