Joriy yilning 2 sentyabr kuni Istanbulning Kartal shahrida yo`lda ketayotgan 46 yoshli O`zbekiston fuqarosi Zayniddin Nazarav to`satdan yiqilib tushadi. Shifoxonaga etkazilgan Nazarov tanasiga o`q tegib vafot etgan.
Voqea ortidan Qotillik byurosi guruhlari tergov boshladi. Nazarovga yordam berish uchun kelgan A.D. o`z ko`rsatmasida o`q ovozi eshitganini aytgan. Polisiya o`z surishtiruvlarida Nazarovga yo`l harakati paytida janjallashgan ikki haydovchidan biri tasodifiy otishma natijasida o`q uzganini aniqladi. Voqea bilan bog`liq holda qo`lga olingan 3 nafar gumondor sud binosiga yuborilgan.