AsosiyDunyo

Pandemiya davrida tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlari oshgan - JSST

'Pandemiya davrida tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlari oshgan - JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko`ra, koronavirus pandemiyasi davrida dunyoda tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlari sezilarli darajada oshgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, 2020-2022 yillarda sil xastaligi tufayli hayotdan ko`z yumganlar soni avvalgi yillarga nisbatan 500 ming nafarga ko`paygan.

 O`z navbatida, kasallanish holatlari ham ortgan. Masalan, 2021 yilda jahon bo`yicha 10,3 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo`yilgan bo`lsa, o`tgan yili 10,6 million odamda sil xastaligi aniqlangan.

 Ro`yxatga olingan bemorlardan 7,5 million nafari birinchi marta tuberkulyozga chalinganlardir. Bu — 1995 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko`rsatkich.


 

    Boshqa yangiliklar