“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Antonio Valensiya “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida qo`lini sindirib olgandi.
“iSport.ua” nashrining xabar qilishicha, Antonio o`sha o`yinni oxirigacha o`ynadi, keyin esa jarroh stoliga yotdi. 31 yoshli ekvadorlik futbolchining operasiyasi muvaffaqiyatli o`tdi.
Valensiya safga qachon qayta olishi hozircha noma`lum. Qayd etish kerakki, bir muddat avval Antonio oyog`idan operasiya o`tkazishga majbur bo`lgandi.