“Panorama Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yo`nalishi bo`yicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 9 noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilindi.
Ayni damda mahalliy aviatashuvchining 5P-363 reysini amalga oshirayotgan samolyot texnik sabablarga ko`ra Madina aeroportida turibdi. Toshkentdan parvoz avvaliga kechiktirilgan edi, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.
Ushbu reysning 246 nafar yo`lovchisi Toshkent aeroportida 12 soat kutishdan so`ng "Panorama Airways" vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylashtirildi.
Ushbu reyslarning jo`nab ketishi haqida ma`lumot olish uchun "Panorama Airways"" vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.






