AsosiySport

O`zbekiston – Iordaniya uchrashuvi “Paxtakor” stadionida o`tkaziladi

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o`yin oldidan Iordaniyaga qarshi Toshkentda o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. Bu haqda O`FF xabar bermoqda

Ushbu uchrashuv 10 noyabr kuni Toshketadagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo`lib o`tadi. O`yinning boshlanish vaqti 17:00ga mo`ljallangan.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o`yinga tayyorgarlik ko`rish maqsadida 4 noyabr kuni o`zining navbatdagi yig`iniga kirishadi. Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik o`yini ushbu yig`in doirasida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar