BMT G`azo shimoliga gumanitar yordam yuk mashinalarini etkazib bera olmayapti. Agar hozir er yuzida do`zax mavjud bo`lsa, u G`azo sektori shimolida.
Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OChA) rasmiy vakili Yens Laerke Jenevada bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, bugun G`azo janubiga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalari etkazilmoqda. Laerke G`azo shimolida yuz minglab odamlar borligini qayd etdi.






