Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. Bu hada tegishli qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Keltirilishicha, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq va O`rtachirchiq tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari o`zgartiriladi.
Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqorichirchiq tumanidan 17 323,31 gektar, O`rtachirchiq tumanidan 2 406,1 gektar er maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o`tkaziladi.
Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga o`tkazilgan er maydoni, shuningdek, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi «Istiqbol», «Darxon», «Usmonobod», «Navoiy», «Jaloltepa», «Obodon», «Guliston», «Bahor», “Xvan T.G”, «Yashnobod», “Uch chinor”, «Nurafshon», «Mirobod», «Fayziobod», «A.Yassaviy», «Baliqchi», «Yoshlik», «Tinchlik», «Iyk-ota», «Birlik» mahalla fuqarolar yig`inlari hududlari hamda «Istiqlol», «Gulobod», «O`zbekiston», «Navro`z», «Qorasuv», “Oq ovul”, «Marifat», «Jumabozor», “Nurli yo`l”, «Farovon», “Yangi xayot”, «Saxovat», «Qizilsoy» mahalla fuqarolar yig`inlari hududlarining bir qismi va O`rtachirchiq tumanidagi «Sholikor», «O`choqli», «Bunyodkor», «Mashal» mahalla fuqarolar yig`inlari hududlari hamda «Mustaqillik», «Gulobod», «Yangiturmush» mahalla fuqarolar yig`inlari hududlarining bir qismi hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy er maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo`lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi.






