AsosiyDunyo

Yaponiyada afsonaviy Xatiko iti tavalludining 100 yilligi nishonlandi

'Yaponiyada afsonaviy Xatiko iti tavalludining 100 yilligi nishonlandi'ning rasmi

Yaponiya itlarning sadoqati ramziga aylangan afsonaviy it Xatiko tavalludining 100 yilligini nishonladi. Bu haqda euronews xabar bermoqda.

U o`z xo`jayini, universitet professori Hidesaburo Uenoga qattiq bog`lanib qolgan va uni har kuni ishga kuzatar va ishdan qaytishini ham kutib turardi. 1925 yilda professor insult tufayli vafot etdi va uyiga qaytmadi, lekin Xatiko o`limiga qadar 9 yil davomida har kuni Shibuya stansiyasiga kelib, egasining qaytib kelishiga umid qildi.

Yaponlar itning sadoqatidan shunchalik hayratda qolganki, it haykal o`rnatishgan. Xatiko 1934 yil aprel oyida Shibuyadagi haykalning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgan. Ikkinchi jahon urushi paytida yodgorlik harbiy maqsadlarda eritilgan, ammo 1948 yilda qayta tiklangan.

 

    Boshqa yangiliklar