Olimlar Saturnning yo`ldoshi Enseladeda hayot uchun zarur bo`lgan kimyoviy moddalar mavjudligini aniqlashdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Enselade Saturnning oltinchi eng katta yo`ldoshi hisoblanadi. U qalin muz qobig`i bilan qoplangan va ostida okean mavjud.
Tadqiqot davomida muzdagi yoriqlardan oqib chiqayotgan geyzerga o`xshash suv oqimlari aniqlandi. Koinot chang analizatori ularning tarkibida uchuvchi moddalar, jumladan, karbonat angidrid, suv bug`i va uglerod oksidi aralashmasi borligini ko`rsatdi. Kam miqdordagi molekulyar azot, oddiy uglevodorodlar va murakkab organik moddalar ham aniqlangan.
Olimlar Enseladeda ammiak va noorganik fosfor mavjudligini ta`kidlashdi. Ular Renfild koeffisientini ham hisobga olishdi – uglerod, azot va fosfor nisbati, hayotning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi






