Bugun, 13 noyabr kuni Bolat Nazarboev 71 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so`ng vafot etdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
"Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning ukasi Bolat Abishevich Nazarboev uzoq davom etgan kasallikdan so`ng vafot etdi", — deb xabar berdi Nazarboevning matbuot kotibi Aidos Ukibay.
2023 yilning 6 noyabr kuni Nursulton Nazarboevning ukasi reanimasiya bo`limida yotgani xabar qilingan edi.
Bolat Nazarboev 1953 yil 23 martda Olmaota viloyati, Qorasay tumani, Shamalgan qishlog`ida tug`ilgan.
1997 yildan beri u BN Invest xoldingiga rahbarlik qilib kelgan. 2016 yilda "Saliqal urpaq" jamoat fondiga asos solgan. Shu yili u "Parasat" ordeni bilan taqdirlangan.






