Afg`oniston Bosh konsulligi rasmiy ravishda Xorug` shahrida (Tojikiston) faoliyat yuritadi va Tolibon hukumati tashqi ishlar vazirligining bevosita nazorati ostida. Bu haqda konsullik vakili Nakibullo Dehqonzoda ma`lum qildi. Uning bayonoti aks etgan video X tarmog`ida (sobiq Tvitter) e`lon qilingan.
Zohir Agbar 7 noyabr kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xorug`dagi Bosh konsullik xodimlari o`z faoliyatini Dushanbeda davom ettirishini ma`lum qildi.
“Bizning Xorug`dagi konsullik idoramiz hech qanday tarzda Tolibon qo`lida emas. Iqtisodiy imkoniyatlar yo`qligi sababli uni vaqtincha yopib qo`ydik, hamkasblarimiz bu erda (Tojikistondagi Afg`oniston elchixonasi ofisida) ishlashda davom etmoqda”, — dedi u.
Biroq Nakibullo Dehqonzoda Zohir Agbarni Afg`onistonning sobiq elchisi deb atagan va bu bayonot “mas`uliyatsiz va noto`g`ri” ekanini aytgan.
Uning qo`shimcha qilishicha, “Afg`onistonning Tojikistonning Xorug` shahridagi Bosh konsulligi mustaqil vakolatxona bo`lib, bevosita Afg`oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi (Tolibon o`z hukumatini islomiy deb ataydi) ko`magi va rahbarligida faoliyat yuritadi.
Tolibon hukumati vakili videoda konsullik o`z qonuniy vakolatlari doirasida ish olib borishini va konsullik xizmatlarini ko`rsatishini aytadi.
Shu bilan birga, Tolibon vakili Tojikiston rahbariyatiga “chegara aloqalari tiklangani, Badaxshon viloyatida qo`shma chegara bozorlari ochilgani, shuningdek, Hirot viloyatidagi zilziladan jabr ko`rganlarga katta gumanitar yordam ko`rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi. ”.






