AsosiyJamiyat

Toshkentda "MAN" avtobusi yonib ketdi (video)

'Toshkentda "MAN" avtobusi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "MAN" rusumli avtobus yonib ketgani aks video tarqaldi.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 noyabr kuni soat 16:30da "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi davlat raqami 01|947 YJA bo`lgan, "MAN" rusumli avtobusda yong`in hosil bo`lgan. Ushbu avtobus 2022 yil ishlab chiqarilgan bo`lib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o`tgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra, yong`in avtobus haydovchisi o`rindig`i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo`lgan. 

Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligini inobatga olib, yong`inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod "TRUCK and BUS MOTORS" MChJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong`in qutqaruv bo`linmalari voqea joyiga soat 16:36 da etib borib yong`in bartaraf etilgan.Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo`q. 

Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo`limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar