AsosiyDunyo

Rossiyada giyohvandfurush ikki o`zbekistonlik yigit sakkiz yilga qamaldi

'Rossiyada giyohvandfurush ikki o`zbekistonlik yigit sakkiz yilga qamaldi'ning rasmi

Kirovda o`zbekistonlik bir guruh giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullangan shaxslarga nisbatan hukm o`qildi. Viloyat prokuraturasining xabar berishicha, 27 va 29 yoshli jinoyatchilar 2022 yilning mart oyidan may oyiga qadar shahardagi yashirinish joylari orqali sintetik giyohvand moddalarni tarqatgan.

Guruh 2022 yil 12 mayda qo`lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 220 grammdan ortiq moddani musodara qilgan. 

Sud chet el fuqarolariga tegishli ravishda 8 yil va 6 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Ular jazoni qattiq tartibli koloniyada o`tashadi.

 

    Boshqa yangiliklar