1

O`zbekistonning U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida kanadalik raqiblari ustidan g`alaba qozondi

Sport 14.11.2023, 09:30
O`zbekistonning U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida kanadalik raqiblari ustidan g`alaba qozondi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Indoneziyada 17 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Jahon chempionati bo`lib o`tmoqda. 

Turnirning 2-turida O`zbekiston Kanada jamoasini 3:0 hisobida mag`lub etdi.

Bahsning 22-daqiqasida kanadalik futbolchi Richard Chukvu o`z darvozasiga gol urib hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Amirbek Saidov hisobni 2:0 olib keldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo`limida kanadalik himoyachi va darvozabonning xatosidan unumli foydalangan Amirbek Saidov hisobni 3:0 ga o`zgartirib qo`ydi. Shu tariqa O`zbekiston futbolchilari yirik hisobdagi g`alabaqozondi.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonlik futbolchilar navbatdagi o`yini Ispaniyaga qarshi o`tkazadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1