Qozog`istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan 2023 yil 10 noyabrdan 21 noyabrgacha mamlakat chegarasida hujjatlarsiz, ya`ni hujjati bo`lmagan yoki migrasiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishini so`radi mazmunidagi xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo`lgan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu xabarlarni rad etgan va haqiqatga to`g`ri kelmasligi bildirgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
«Qozog`iston hukumatining 2022 yil 31 dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O`zbekiston fuqarolari Qozog`iston davlat chegarasini kesib o`tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo`lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo`lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko`p bo`lmasligi kerak, ya`ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog`istonda bo`lib turish mumkin emas», — deya agentlik eslatib o`tgan.
Qozog`istonga ishlash maqsadida borayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko`rsatish markazida ro`yxatga kiritib, uch oygacha bo`lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.