"Inverted Jenny" nomi bilan mashhur bo`lgan noyob pochta markasi Nyu-Yorkdagi auksionda rekord darajadagi 2 million dollarga sotildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
1918 yilda chop etilgan matbaa xatosi bo`lgan g`alati markani 76 yoshli kolleksioner Charlz Xek sotib oldi,- deb yozadi The Washington Post.
Markada pochta biplani teskari ko`rsatilgan. Ushbu markalardan 100 tasi xato aniqlanmaguncha chiqarilgan va o`shandan beri badavlat filatelistlar bir paytlar 24 sentga sotilgan markalarni katta pul evaziga qaytarib sotib olishmoqda. Charlz Xek Qo`shma Shtatlardagi filatelik noyob ovchilar orasida rekordchiga aylandi.