Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturi keng ko`lamli. Iqtisodiy yo`nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo`jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko`zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta`minoti, mahalla tizimi, sog`liqni saqlash, yoshlar masalalariga e`tibor qaratiladi.






